"Meni Robert Uittakerga qarshi qo'ying. Men juda hurmat qiladigan afsonaviy Uittaker bilan jang qilish mantiqan to'g'ri bo'ladi. Uni nokaut qilishni rejalashtiryapman. Bu jang uchun o'ziga xos bir narsa tayyorlayman", deydi Borralo The Schmo nashri bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Kayo Borralo o'zining so'nggi jangini 2024 yil avgust oyida Jared Kannonirga qarshi o'tkazib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan. Uittakerga kelsak, u avvalgi jangini 2024 yil oktyabr oyida Xamzat CHimaevga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.
CHarlz Oliveyra: "Topuriya shunchaki provokaciyaga urinmoqda. U hurmatsizlik qilyapti"