
"Men buni endi imkonsiz, deb hisoblayman. Rossiya Ukraina bilan urushda, juda ko'p raketalar otilyapti. Qizim bilan gaplashyapman, u 14 yoshda: "Salom, yaxshimisiz?" U: "Oh, dada, o'sha kecha dahshatli edi", deydi. Mening oilam bomba boshpanasida yashashi mumkin, menda bunday imkoniyat bor. Ukrainada jang qilish, menimcha, katta muammo", dedi Usik.
Oldinroq, Aleksandr faoliyatini yakunlashiga qadar yana ikkita jangi qolganini aytgandi.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi