"Klichko Kirk Jonsonning o'rniga tushgani menga yaxshi tomonlama tasir qilmagan. Ammo eng yomon holatimda ham o'zining eng yaxshi formasida bo'lgan Klichkoni mag'lub etdim", – dedi Lyuis The Ring jurnaliga.
Eslatib o'tamiz, Lyuis va Klichko o'rtasidagi jang 2003 yil 21 iyun kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tgan. Lennoksning o'sha kungi raqibi Kirk Jonson bo'lishi kerak edi, ammo u jarohat sababli jangdan voz kechgan va uning o'rniga ukrainalik bokschi ringga ko'tarilgan.