— Aleksandr, faoliyatingizni yakunlashdan oldin yana ikkita jangingiz qolganini aytdingiz. Siz hali ham shu fikrdamisiz? Bu janglarda kim siz uchun ideal raqib bo'ladi?
"Raqibim kim bo'lishini hozircha bilmayman, lekin ha, bu ajoyib sayohatda ikkita jangim qoldi. 20 yildan ortiq vaqt davomida hech kim super og'ir vazn toifasida mutlaq chempion unvoni uchun jang tashkil eta olmadi. Saudiya Arabistoni buni amalga oshirdi. Turki janobi oliylari buni amalga oshirdi, ular buni yana qilishlari mumkin. Muxlislar bu jangni ko'rishni juda xohlashadi. Men boks tushishni hamma narsadan ham ko'proq istayman. Saudiya Arabistonida jang qilmoqchiman", dedi Usik.
Aleksandrning keyingi raqibi britaniyalik Daniel Dyubua bo'lishi mumkin.