Bu haqida tashkilotning sobiq jangchisi CHeyl Sonnen aytib o'tdi.
"CHarlz menga shunday dedi: "Men Topuriya bilan faqatgina u kamarni yutgan taqdirdagina jang qilaman. Bu mening vazn toifam, men reytingda undan yuqoriroqman, ilgari chempion bo'lganman. Hamma faqat u haqida gapiryapti. Agar u men bilan jang qilishni istasa, avval kamarni yutsin, uni o'rtaga qo'ysin, shunda chaqiruvini qabul qilaman", - deya Oliveyraning so'zlaridan iqtibos keltirdi Sonnen.