SportUz.Net

Rasman. Otabek Xolmatovning Qozog'istonda jang qilishi tasdiqlandi + POSTER

19.03.2025 10:09    


Rasmni yuklab olish

Yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar, o'zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatovning navbatdagi jangi tasdiqlandi.

Avval malum qilganimizdek, Xolmatov 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida filippinlik bokschi Jeyson Kanoyga qarshi ringga ko'tariladi.

Ushbu jang tashkilotchilar tomonidan rasman tasdiqlandi. Hamyurtimiz hozirda mazkur jangiga AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahrida Bektemir Meliqo'ziev, Murodjon Ahmadaliev kabi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari bilan birga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Malumot uchun, Otabek Xolmatov faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini o'tgan yilning mart oyida vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun Raymond Fordga qarshi o'tkazib, 12-raund yakunlanishiga bir necha soniyagina qolgan bir pallada alamli tarzda imkoniyatni boy bergandi.

Taqqoslash uchun, Kanoy hisobida 30 g'alaba, 12 mag'lubiyat va 2 ta durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: