SportUz.Net

Ngannuning PFL bilan shartnomasi shu oy oxirida yakuniga etadi

19.03.2025 11:12    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida cobiq UFC chempioni, hozirda PFL'da faoliyat olib borayotgan Frensis Ngannuning Liga bilan tuzgan shartnomasi mart oyi oxirigacha yakunlanadi.

Bu haqda jurnalist Jon Nesh xabar bermoqda.

"Agar Ngannuning shartnomasi shu oy oxirida tugaydi, degan malumot rost bo'lsa, PFL o'z taklifini tezroq berishi kerak. Bu ularning marketing strategiyasidagi asosiy nuqtalardan biri va agar ular katta televidenie shartnomasini tuzmoqchi bo'lsa, Frensis Ngannuga etiborini qaratishi kerak", deya Neshning so'zlaridan keltiradi Boxing News.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: 



iks
ads