Oqshomning asosiy jangida yarimengil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni, britaniyalik Nik Boll (22-0-1, 13 KO) avstraliyalik sobiq chempion Ti Jey Doxeni (26-6, 20 KO) bilan to'qnash keldi. O'n ikki raundlik bellashuvda Nik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi.
Jang boshida Boll noqonuniy zarba yo'lladi, ammo buning uchun jazolanmadi. Biroq 9-raundga kelib, referi baribir Nik Bollni jazoladi. 38 yoshli Doxeni 11-raundga chiqmadi.
SHu bois, Boll muddatidan oldin g'alaba qozondi. Mazkur vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik Otabek Xolmatov ayni damda WBA reytingida 3-o'rinni egallab turibdi. U 5 aprel kuni Qozog'istonda ringga qaytadi.
Nick Ball showed why he's considered by many to be the best boxer in the country as he dismantled TJ Doheny inside ten rounds ????
— Boxing on TNT Sports (@boxingontnt) March 16, 2025
Watch the official #BallDoheny fight highlights now ▶️ pic.twitter.com/XJvPVJFhp3
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda