SportUz.Net

Ramazon Temirov navbatdagi jangini Abu-Dabida o'tkazmoqchi

16.03.2025 16:48    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi 2 mart kuni UFC Fight Night turnirida CHarlz Jonsonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.

Ramazon Temirov o'zining Instagram sahifasidagi jonli efirida keyingi jangi haqida berilgan savolga javob berdi.

"O'zimga qolsa, Abu-Dabida jang qilgan bo'lardim. Ikkita jangim AQSHda bo'lib o'tdi. Amirliklardagi kardda bizga yaqinlar ko'p bo'ladi. Tabiiyki, muxlislar ham", - dedi Temirov. 

UFC prmousheni tomonidan belgilangan turnirlar ro'yxatiga qaraydigan bo'lsak, iyul oyigacha Abu-Dabida musobaqa o'tkazilmasligi oydinlashadi. Janglar Buyuk Britaniya, Meksika, Kanada va AQSHda tashkil etiladi. 

Hamyurtimiz so'nggi jangidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida UFC rahbari Dana Uaytga murojaa qilib, "Men chempion bo'lishni xohlayman. Hoy Dana, men chempion bo'laman, In SHa Alloh. Bu divizionni tozalayman. Kay Kara-Frans, Brendon Moreno yoki Pantojami, muammo yo'q. Men chempionman, hammasini vaqt ko'rsatadi. Men tayyorman, men o'zbekman. Kimni raqib sifatida berishsa ham farqi yo'q. CHempionlikka tezroq borishni xohlardim, shunday ekan, top darajadagi har qanday jangchi bilan urushishga tayyorman. Endi yozda keyingi jangimga tayyor bo'laman", degandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: