Birinchi o'rinni 2024 yilda ikki marta sobiq chempion Tayson Fyurini mag'lub etgan WBC, WBO, WBA va IBO yo'nalishlari bo'yicha superog'ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik saqlab qoldi. Yaponiyalik Naoya Inoue ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, amerikalik Terens Krouford 3-o'ringa tushdi.
SHuningdek, yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun o'zaro revansh jangini o'tkazgan rossiyalik bokschilar Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev reytingda o'rin almashib olishdi.
ESPN talqinidagi P4P reytingi:
1. Aleksandr Usik
2. Naoya Inoue
3. (2) Terens Krouford
4. (5) Dmitriy Bivol
5. (4) Artur Beterbiev
6. Saul Alvares
7. Jessi Rodriges
8. (10) Devid Benavides
9. Junto Nakatani
10. (9) SHakur Stivenson.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda