SportUz.Net

Kayo Borralo: "Men CHimaevni qanday mag'lub etishni bilaman"

15.03.2025 14:42    


Rasmni yuklab olish

Mahmud Muradovning sobiq raqibi Kayo Borralo chempionlik uchun davogar Xamzat CHimaevni mag'lub etishiga ishonmoqda.

Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi CHimaevning sobiq sparring-hamkori hisoblanadi.  Kayo o'zaro mashg'ulotlar chog'ida "Borz"ni yaxshigina o'rganib olganini aytmoqda.

"O'ylashimcha, menda istalgan raqib bilan bo'ladigan janglarda yaxshigina ustunlik bo'ladi. Boisi, men 5 hafta mobaynida, avvaliga SHveciya, keyin Las-Vegasda CHimaev bilan birga mashg'ulot o'tkazganman. Men uning jang o'tkazish uslubini juda yaxshi o'zlashtirib olganman. Jangda nima qilishi hamda raqibdan nima kutishigacha bilaman. Mashg'ulotlarda diqqat bilan hamma harakatlarini o'rganib olganman. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, men Xamzat CHimaevni mag'lub eta olaman", - dedi Borralo.

Malumot uchun, Kayo so'nggi jangini o'tgan yilning avgust oyida Jared Kannonirga qarshi o'tkazib, raqibini besh raund to'liq davom etgan bahsda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Bu uning UFC promoushenidagi ketma-ket qozongan ettinchi g'alabasi bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: