Bu janglar katta ehtimol bilan iyun oyida Las-Vegasda tashkil etiladigan Xalqaro janglar haftasi doirasida o'tkaziladi. Bu haqda Xamzat CHimaevning jamoasiga yaqin bo'lgan murabbiy va menejer Rasul SHamsudinov xabar berdi.
"Iliya Topuriya va Islam Maxachev jangi Xamzat CHimaev oktagonga chiqadigan turnir kardidan o'rin oladi. Bu janglar iyun oyiga mo'ljallanmoqda. SHunday ekan, katta shouga tayyor turing. Ikkita chempionlik jangi bir kunda o'tkaziladi. Bu UFC promoushenining 2025 yilgi eng katta turniri bo'ladi. Xamzat Dyu Plessiga, Maxachev esa Topuriyaga qarshi! Hozircha bu janglar rasman tasdiqlangani yo'q, lekin tez orada elon qilinadi. Fikrimcha, CHimaev va Topuriya bo'lajak janglarda g'alaba qozonadi. Iliyaning g'alaba uchun imkoniyatini 60 foizga baholayapman", – dedi SHamsudinov.
Avvalroq, Islam Maxachev va Iliya Topuriya o'rtasidagi chempionlik jangi 28 iyun kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 317 turniri doirasida o'tkazilishi xabar qilingandi.
"Islam bu jangni qabul qiladi" - UFC sobiq chempioni Maxachev - Topuriya jangi haqida