"Barchasi Maxachevga bog'liq. Agar u rozi bo'lsa, Topuriya bilan jang o'tkazadi. Lekin u buni xohlamasligi mumkin. Islam avval Aleks Volkanoskini mag'lub etgan va katta ehtimol endi unga yarimengil vaznlilar bilan jang qiziq bo'lmaydi.
Iliya bu jangga loyiqmi? Siz bu borada bahslasha olmaysiz. U chempion bo'ldi va kamarini himoya qildi. Endi esa yarimengil vaznlilar bilan jang qilishni istamaydi. Uning engil vaznda jang qilishiga qarshi emasman. Bundan tashqari, UFC Arman Carukyanga titul jang bermaslikka qaror qildi.
Menimcha, Oliveyra asosiy davogar. Lekin hozircha Topuriyaning imkoniyatlari yuqori", – dedi Dariush.