"Nima bo'ladi? Rostini aytsam, aniq bilmayman. Hammasi Islam Maxachevning qaroriga bog'liq. U kelasi vazn toifasiga o'tadimi-yo'qmi, o'zi ham aniq bilmaydi. Menimcha, Islam, CHarlz va Iliya Topuriya Xalqaro janglar haftaligida ishtirok etadi. Ammo kim kimga qarshi jang qilishini aniqlash qiyin bo'ladi.
Biz uchun chempionlik kamari muhim. Ammo CHarlz Maks Xolloueyga tegishli BMF kamariga ham qiziqmoqda. Bu yangi kamar, yangi chorlov. Mashhur sportchiga qarshi katta jang. Biz bu borada muzokaralar olib boryapmiz", - dedi murabbiy Diego Lima.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"