SportUz.Net

Menejer Bivolning Benavidesga qarshi jang haqidagi mish-mishlarni rad etdi va Beterbiev bilan trilogiya haqida gapirdi

11.03.2025 18:54    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov WBC vaqtinchalik chempioni Devid Benavidesga qarshi jang bo'yicha muzokaralar o'tkazilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Uning takidlashicha, reja 2025 yil oxiriga qadar Artur Beterbievga qarshi uchinchi jangni tashkil qilishdir.

"Yozda Benavidesga qarshi jang bo'lishi haqidagi malumot noto'g'ri. Hozircha bunday reja yo'q. Jangdan so'ng hali ko'p vaqt o'tmadi, shuning uchun hozircha yil oxirigacha o'tkazilishi rejalashtirilgan trilogiyadan boshqa rejalar haqida gapirmoqchi emasmiz", — dedi Kornilov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: