SportUz.Net

Korme Ankalaev – Pereyra jangi haqida: "Aleks faqat bir necha xavfli zarba bera oldi"

12.03.2025 12:18    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning sobiq chempioni Daniel Korme Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

"Bolalar, ketma-ket ikki jangda ham Poatan mag'lub bo'lganini ko'ryapmiz. Ankalaevga qarshi jangda ham u qayta olmadi. Rostini aytganda, Pereyra faqat bir necha xavfli zarba berdi. Beshinchi raundda u boshga yaxshi tepki berdi, lekin jangning ko'p qismlarida u Magomedning kuchli bosimi ostida qoldi. Ankalaev juda aniq va talofatli zarbalar yo'llashni uddaladi — ular juda kuchli bo'lmasa-da, baribir zarar etkazdi.

Ankalaev oyoq texnikasi bo'yicha ham raqobatbardosh jang qildi. Menimcha, bunga sabab – uning parterga o'tish va raqibni tortish tahdidi borligidir. Agar senda bunday tahdid bo'lsa, sen bilan jang qilish ancha qiyin bo'ladi", — dedi Korme MMAJunkie nashriga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: