SportUz.Net

Beterbiev Kaneloga qarshi jang taklifini rad etdi

22.02.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Meksikalik bokschi Saul Alvares(54-1-2, 36 KO) rossiyalik Artur Beterbievga (15-0, 15 KO) o'zaro jang qilish taklifini bergan.

Beterbiev esa bu taklifni rad qilgan. Bu haqida insayder Kevin Ayole xabar qildi. 

"Bugun Kanelo bilan gaplashdim. Uning aytishicha, Kanelo Sergey Kovalev bilan rejalari o'zgarganidan so'ng, Beterbievning jamoasi bilan aloqaga chiqqan va o'zaro jang qilish taklifini bergan. Ammo, rossiyalikning jamoasi boshqa rejalari borligini malum qilgan", - dedi insayder.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: