Musobaqa doirasida yarim o'rta vazn toifasidagi braziliyalik taniqli aralash yakka kurash ustasi Gilbert Byorns ekvadorlik Maykl Morales bilan jang qilishi kerak edi. Biroq bellashuv bir oy keyin tashkil etiladigan UFC 315 turniriga ko'chirildi.
Buning sabablari elon qilinmagan.
Malumot uchun, 38 yoshli Gilbert Byorns faoliyati davomida hozirgacha 30 ta jang o'tkazib, 22 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini 2024 yilning sentyabr oyida SHon Brediga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
25 yoshli Maykl Morales hisobida esa 17 ta g'alaba mavjud. U 2024 yilning avgust oyida o'tkazgan so'nggi jangida Nil Megnini nokaut orqali taslim etgan.