SportUz.Net

Vazn bajarildi, Isroil Madrimov Ortisdan og'irroq tosh bosdi + FOTO

22.02.2025 07:54    


Rasmni yuklab olish

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida uzoq kutilgan professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Turki Al ash-SHeyx tomonidan tashkil etilayotgan katta boks oqshomining markaziy jangi yarimog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Unda rossiyalik bokschilar Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o'zaro revansh jangida to'qnash keladi. Ilk jangda Artur ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu kard doirasida hamyurtimiz Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi 12 raundlik chempionlik jangida ringga ko'tariladi. Bugungi jang oldidan barcha ishtirokchilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Madrimov tarozida raqibidan yarim kilogramm og'irroq tosh bosdi. Ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajargan. 

Tarozi natijalari:

Jozef Parker — 121,1 kg

Martin Bakole — marosimga etib kela olmadi


SHakur Stivenson — 60,8 kg

Josh Pedli — 60,8 kg


Karlos Adames — 71,7 kg

Xamza SHiraz — 72,1 kg


Virjil Ortis — 69,4 kg

Israil Madrimov — 69,9 kg


Agit Kabayel — 109,3 kg

CHjan CHjiley — 130,4 kg


Joshua Buatsi — 79,4 kg

Kallum Smit — 79 kg


Ziyad Almaayuf — 65 kg

Jonatas Rodrigu Gomesh de Oliveyra — 64,3 kg


Muhammad Alalkel — 60,8 kg

Enxel Gomes — 59,9 kg



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: