SportUz.Net

UFC Fight Night 252. Nursulton Ro'ziboev raqibi bilan bir xil vazn qayd etdi

22.02.2025 08:12    


Rasmni yuklab olish

Bugun tunda AQSHning Vashington shtati Sietl shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC Fight Night 252 oqshomi ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Turnirning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida - ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo hamda Song Yadong o'rtasida o'tkaziladi. Sexudo tarozida raqibidan biroz engilroq tosh bosdi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, hamyuritimiz Nursulton Ro'ziboev ham uzoq muddatli tanaffusdan keyin aynan Sietldagi turnirda oktagonga chiqadi. Aralash yakkakurash ustamiz amerikalik debyutant Erik Makkoniko bilan hisob-kitob qiladi. Har ikki sportchi tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi - 83,46 kg.


Asosiy kard tarozi natijalari:

Genri Sexudo (61,23 kg) — Song Yadong (61,68 kg)

Brendan Allen (84,36 kg) — Entoni Ernandes (84,36 kg)

Jan Silva (65,99 kg) — Melsik Bagdasaryan (65,77 kg)

Rob Font (62,59 kg) — Jan Macumoto (63,04 kg)

Andre Fili (65,77 kg) — Melkizael Kosta (65,77 kg)


Prelim kard

Ion Kucelaba (92,98 kg) — Ibo Aslan (92,98 kg)

Riki Saymon (61,23 kg) — Javid Basharat (61,68 kg)

Mansur Abdul-Malik (84,36 kg) — Nik Kleyn (84,36 kg)

Raffael Serkeyra (92,53 kg) — Modestas Bukauskas (92,07 kg)

Alonzo Menifild (92,98 kg) — Djulius Uoker (92,98 kg)

Erik Makkoniko (83,46 kg) — Nursulton Ro'ziboev (83,46 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: