Jang yarim engil vazn toifasidagi vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun bo'ladi.
"So'nggi yillarda hech kim men qilgan ishni bajara olmadi. UFC menga bergan hamma raqib bilan jang qildim. Men uchun foydali bo'lmagan vaziyatlarda ham jang qilishga rozi bo'ldim. UFC'da ikki yil deganda chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lyapman. Men uni qo'yib yubormayman", deb yozdi Lopes ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.