Tashkilotchilar qisqa fursatda britaniyalik chempionning o'rniga Jozef Parkerga yangi raqib topib berishdi. Kongolik Martin Bakole (21-1, 16 KO) Deniel Dyubuaning o'rniga Yangi Zelandiya bokschisi Jozef Parkerga qarshi ringga ko'tariladi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o'tkaziladigan prof boks oqshomining asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun rossiyalik bokschilar Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o'rtasida tashkil etiladi. Bu Bivol uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi. Beterbiev o'z kamarlarini himoya qiladi.
Diego Lopes Volkanovski bilan chempionlik jangi haqida: "Imkoniyatimni boy bermayman"