SportUz.Net

SHavkat Rahmonov chempionlik jangida ishtirok eta olmasligini izohladi

20.02.2025 18:42    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik aralash yakka kurash ustasi, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionligi uchun davogar SHavkat Rahmonov Twitter sahifasiga yangi post joyladi.

Unda Rahmonov vazn chempioni Belal Muhammad bilan jangda jarohati tufayli ishtirok eta olmasligini malum qildi.

"Kamar uchun jang qilish taklifini birinchi bo'lib menga bergani UFC'ga katta rahmat. Afsuski, jarohat tufayli may oyiga qadar tayyor bo'la olmayman. G'olib bilan keyingi yilda uchrashamiz", deb yozib qoldirdi SHavkat.

Belal Muhammad esa endi o'z chempionligini avstraliyalik Jek Della Maddalenadan himoya qilishga urinib ko'radi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: