Amerikalik 47 yoshli Floyd barcha davrlarning eng buyuk bokschisi sifatida Muhammad Alini tan olmagan.
"Barcha davrlarning eng buyuk bokschisi? Avval men, keyin Pernell Uitaker", — deya Give me Sport portaliga intervyu bergan Meyvezer.
Malumot uchun, Pernell Uitaker 1982 yilda engil vazn toifasida jahon chempioni, 1984 yilda esa Olimpiada chempioni bo'lgan. Professional bokschi sifatida 46 ta jang o'tkazib, 40 g'alaba (17 tasi nokaut bilan), 4 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Janglarining bittasi o'tkazilmagan deb topilgan. Pernell 2019 yili 55 yoshida vafot etgandi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"