SportUz.Net

Jon Jons vada qilgan elonini aytdi

08.02.2025 16:15    


Rasmni yuklab olish

UFC og'ir vazn chempioni Jon Jons o'z muxlislarini katta elon bilan qiziqtirgandi.

Ammo bu elon jang haqida emas, balki AQSHdagi tibbiyot tizimi muammolariga oid chiqish bo'ldi.

Ko'pchilik Jons Tom Aspinal bilan jangni elon qiladi deb kutgandi, ammo u matbuot anjumani o'tkazib, sog'liqni saqlash tizimidagi muammolar haqida gapirdi.

"Bu men uchun odatiy jang emas. Ammo AQSHda juda ko'p odamlar tibbiyot tizimiga qarzdor holatga tushib qolmoqda. SHifoxonalar va sug'urta kompaniyalari haqiqiy narxlarni yashiradi va bizdan istalgan pulni talab qilishi mumkin," – dedi Jons ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videosida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: