"Men har doim jangga tayyor bo'lgan barcha raqiblarimni hurmat qilaman. Barchasini ring ko'rsatadi. Men tayyorman, katta janglarni intiqlik bilan kutyapman. Maqsadim faqat chempion bilan katta janglarga chiqish, boshqa yo'l yo'q. Agar menga ikki-uch oy vaqt berishsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'lardim, bu do'stona chaqiruv. Usik va Joshua bilan kuchimni solishtirish menga juda qiziq, chunki ular ham Olimpiya chempioni. Ular professional boksda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar", dedi Jalolov The Ring nashri muxbiri bilan suhbatda.
Bugun tongda Bahodir Monrealda (Kanada) franciyalik Devid Spilmont (16-8-1, 11 KO)ga qarshi jang o'tkazishi kerak edi, biroq hamyurtimizning yuz qismida kichik husnbuzar mavjudligi uchun jang bekor qilindi.
Jervonta Devisning Lamont-Roachga qarshi jangiga qancha pulli translyaciya sotilgani malum
Bilol Muhammad Leon Edvardsning muddatidan oldin uchragan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Madrimovning vaznidagi ikki kamar sohibi Sebastyan Fundora raqibini nokautga uchratdi + FOTO