Unga ko'ra, yarim og'ir vazn toifasidagi rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev ligani tark etishi va PFL chempioni, angliyalik Dakota Ditcheva Dana Uayt rahbarligidagi promoushenga o'tishi darkor.
"PFL'ning yulduzi bor – bu Dakota Ditcheva. Yigitlar, agar sizga MMA yoqsa, bu sport rivoji uchun Ditchevani qo'yib yuboring. Uni UFC'dagi kimgadir almashtiringlar, Dakota o'sha erda jang qilishi kerak. Anqalaevdan qutulinglar, Dakotani Magomedga almashtirishingiz mumkin. Magomed UFC'ga kerak emas. Ankalaev Pereyrani mag'lub etolmaydi, uni Dakotaga almashtiringlar. Magomed PFL'ga juda mos tushadi", deydi Tomas.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"