O'yinda "Manchester Siti" asosiy tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov maydonga tushdi.
Biroq APLdagi ilk o'zbek futbolchisining debyut o'yini biroz omadsiz start oldi. 3-daqiqada Husanovning xatosidan keyin "CHelsi" hisobni ochdi. Biroq 10-daqiqada Abduqodir jamoasini goldan qutqardi.
Ilk o'yinida 53 daqiqa harakat qilgan 20 yoshli Abduqodir Husanovni o'zbekistonlik taniqli sportchilar qo'llab-quvvatlab, o'zlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar qoldirishgan.
Jaloliddin Masharipov
Davlat Bobonov
Abbosbek Fayzullaev
Bahodir Jalolov
Otabek SHukurov