Britaniyalik promouterning so'zlariga qaraganda, ikkinchi engil vazn (55,3 kg) toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lib turgan Naoya Inoue WBA kamari uchun majburiy davogar Murodjon Ahmadalievga qarshi jang o'tkazishdan ochiqchasiga qochmoqda.
"Naoya Inoue Murodjon Ahmadalievdan qochyapti. Uni bir emas, ikki marotaba Murodjondan kamarini himoya qilishga chaqirishdi. Lekin u har ikki safar ham jangdan ochiqchasiga qochdi va buning o'rniga atyin qilgandek, Doxeni hamda Kimga qarshi ringga ko'tarildi. WBA Inouega ortiqcha qochmaslik va kamarini Ahmadalievdan himoya qilish bo'yicha so'nggi ogohlantirishni berishi shart. Kuting, tez orada Naoya Inouening o'zi kamardan voz kechadi", — deya Xirnning so'zlarini keltirmoqda talkSPORT.