U bu rozilikni, keyinchalik ushbu jang g'olibi o'zi bilan ringga chiqishi sharti evaziga bergan.
The Ring nashri WBA qarorini shunday keltiradi:
«WBA yarim o'rta vazn chempioni Eymantas Stanionisga 12 aprel kuni Atlantik-Sitida IBF chempioni Jeyron Ennisga qarshi birlashtiruvchi jang o'tkazish uchun maxsus ruxsatnoma berdi. WBA qoidalariga muvofiq, Stanionis jamoasi ushbu jang bo'yicha majburiy davogar SHahram G'iyosovga murojaat qildi va u bu jangning o'tkazilishiga rozilik berdi».
WBA qoidalari va qaroriga ko'ra, Stanionis va Ennis o'rtasidagi jang g'olibi 120 kun ichida G'iyosovga qarshi jang o'tkazishi shart.
SHuningdek, The Ring nashrining xabar berishicha, SHahram G'iyosov ham 12 aprel kuni Atlantik-Sitida o'tkaziladigan ushbu boks kechasida jang qiladi.