Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida amaldagi Bellator chempioni rossiyalik Usman Nurmagomedov irlandiyalik davogar Pol Xyuzga qarshi oktagonga chiqdi.
Besh raund to'liq davom etgan murakkab jangda Nurmagomedov hakamlarning qarori evaziga g'alaba qozondi — 47:47, 48:46, 48:46. Hakamlardan biri durang natija qayd etdi.