"Agar Islam faqat oktyabr oyida jang qilmoqchi bo'lsa, men albatta tezroq qaytishim kerak bo'ladi. SHuning uchun nega Maks Xolloueyni BMF kamari uchun jangga chorlamasligim kerak?
U bilan oldinroq ham uchrashgandik, lekin jarohat olganim uchun haqiqiy jang bo'lmagandi. Menimcha, biz bu jangga loyiqmiz", deb yozdi Oliveyra o'zining Twitter sahifasida.
Maks esa taklifga rozi bo'ldi: "Xalqaro jang haftaligi haqida nima deysiz?".
Malumot uchun, bundan 10 yil oldin bo'lib o'tgan Maks Xollouey va CHarlz Oliveyraning ilk jangida amerikalik sportchi g'alaba qozongandi.
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo'lish uchun kurashdan chiqqanini malum qildi