
"Maxachevdan mag'lubiyat uchun revansh olish juda yaxshi bo'lardi. Doim meni mag'lub qilgan raqiblardan qasos olishga muvaffaq bo'lganman. Avval meni mag'lub etgan yigitni engib, chempion bo'lish – yanada yaxshi. CHempionning nomi bor – bu CHarlz Oliveyra", — dedi braziliyalik jangchi.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra va Maxachev o'rtasidagi jang 2022 yil oktyabr oyida UFC 280 turniri doirasida Abu-Dabida bo'lib o'tgan. O'sha jangda Islam Maxachev bo'g'ish usuli orqali g'alaba qozongan va UFC engil vazn chempionligini qo'lga kiritgandi.
UFC chempioni Della Maddalenaga Maxachev bilan jangga tayyorgarlikda yordam bermoqda (FOTO)
UFC chempioni Della Maddalenaga Maxachevga qarshi jangga tayyorgarlikda yordam bermoqda (FOTO)