SportUz.Net
photo photo

CHempionlik imkoniyatini qo'lga kiritgan Moykano vada berdi

18.01.2025 11:18    


Rasmni yuklab olish

UFC 311 turnirining markaziy jangida chempion Islam Maxachevga qarshi oktagonga chiqish huquqini qo'lga kiritgan Renato Moykano bu "sovg'a"ga o'z munosabatini bildirdi.

Aslida braziliyalik aralash yakkakurash ustasi UFC 311 turnirida amerikalik Benil Dariushga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Taqdir engil vazn toifasi reytingnining 10-pog'onasida borayotgan Renato Moykanoga ana shunday imkoniyat hamda sovg'a taqdim etdi.

"Moykano chempionlik kamari uchun bormoqda! Islam Maxachev, tayyor tur! Ertaga mening kunim bo'ladi. Kutilmagan bu imkoniyat taqdim etilganidan o'zimda yo'q xursandman. Men bejizga besh raundlik janglarga chapaqay usubdagi jangchilar bilan tayyorgarlik ko'rmagan ekanman. Astoydil mehnat qilayotgandim. Qachonlardir chempionlik imkoniyati berilishini kutib yashayotgandim. Ertaga dunyoni larzaga solaman. Men jahon chempioni bo'laman. Bunga vada beraman. Ketdik!", - dedi Moykano. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: