Bunga rossiyalik aralash yakkakurash ustasining favqulodda chiqish eshigi oldidagi o'rindiqqa o'tirgani hamda styuardessa, yani bort kuzatuvchisi bilan shu masalada tortishib qolgani sabab bo'lgandi. Aviakompaniya rasmiy bayonotida aytilishicha, rossiyalikning o'zini tutishi AQSH fuqarolik aviaciyasi Federal boshqaruvi tomonidan o'rnatilgan xavfsizlik talablariga zid.
"2025 yilning 11 yanvar kuni Las-Vegasdan San-Franciskoga uchishga shaylangan 4401 reysi bort kuzatuvchisi odatdagidek favqulodda chiqish yo'lagi haqida malumot beradi. CHiqish eshigi oldida o'tirgan Xabib Nurmagomedovdan bir necha bor favqulodda holat bo'lib qolganda yordam bera oladimi yoki yo'q deb so'raldi. Unga boshqa o'rindiqqa o'tirish taklifi berildi. Janob Nurmagomedov bularga javob bermadi. Buning natijasida o'ziniyam, bizni ham noqulay holatda qo'ydi. Bu esa AQSH fuqarolik aviaciyasi Federal boshqaruvi qoidalariga xilof xatti-harakat. Tarqalgan video o'sha paytdagi holatni to'liq ko'rsatib bermaydi. Xodimlarimiz ikkinchi urinishda ham vaziyatni o'nglashga harakat qilishgan. Ammo besamar ketgan. Biz uning o'zi va hamrohlariga chipta uchun sarflangan pullarni qaytarib berdik", - deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.