SportUz.Net
logo

Afsonaviy "Temir Mayk" - 55 yoshga to'ldi!

30.06.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun boks afsonasi Mayk Tayson o'zining 55 yoshini nishonlamoqda.

SHu munosabat bilan afsonaviy bokschi haqidagi malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 


Ismi: Mayk Tayson

Tug'ilgan sanasi: 1966 yil, 30 iyun

Tug'ilgan joyi: Bruklin, Nyu-York, AQSH

Vazni: 110 kg

Bo'yi: 178 sm

Dini: Islom (arabcha Malik Abdul Aziz ismini olgan)


Uch marotaba sudlangan. 1992 yilda zo'ravonligi uchun 3 yilga qamalgan. 1998 yilda esa mashinasini urib yuborganlarni do'pposlagani uchun 3,5 oy "o'tirib chiqqan". 2008 yilda esa giyohvand moddalar istemol qilgan holda avtomobil boshqargani uchun xibsga olingan. Bolaligida ham bolalar koloniyasida jazo o'tagan. Uch marotaba uylangan. 8 nafar farzandning otasi.


Superog'ir vaznda jang qilgan. WBC, WBA, IBF, The Ring yo'nalishlari chempioni

Laqabi: "Temir Mayk", "Nokautlar qiroli"

Dastlabki jangi: 1985 yil, 6 mart

So'nggi jangi: 2005 yil, 11 iyun

O'tkazgan janglari: 58

G'alabalari soni: 50

Nokautlar: 44

Mag'lubiyatlar: 6


Faqat Taysonga hos bo'lgan natijalar

- Bir qancha dunyo rekordlari sohibi.

- Og'ir vazndagi eng yosh jahon chempioni (20 yosh 144 kun).

- Og'ir vazndagi eng yosh mutloq chempion (21 yosh).

- Debyutdan chempionlikka qisqa vaqt ichida - 1 yil 8 oyda, mutloq chempionlikka esa 2 yil 5 oyda erishgan yagona sportchi.

- Tarixdagi eng yuqori gonorar oladigan og'ir vaznli bokschi.

- Tarixdagi eng qimmat 10 ta jangdan 6 tasida aynan Mayk Tayson ishtirok etgan.

- 6 marotaba ketma-ket WBC, WBA, IBF yo'nalishlari kamarlarini himoya qilgan yagona bokschi.

- O'smirlar Olimpiadasida eng tez nokaut sohibi (8 sekund).

- 9 ta nokautini 1 daqiqa ichida qo'lga kirita olgan.


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi


Mayk Taysonga oid qiziqarli materiallar:


Mayk Tayson janjalda ishtirok etdi + VIDEO


Mayk Tayson qamoqda bo'lgan vaqtlarini esladi


"Men qaytdim". Mayk Tayson mashg'ulotlardagi shiddatli zarbalarini namoyish etdi + VIDEO


Mayk Tayson ringga qaytmoqda


"Yaxshiyam u meni o'ldirib qo'ymadi". Bir jang tarixida Mayk Tayson - Lennoks Lyuis to'qnashuvi (FOTO+VIDEO)


Bir jang tarixi. Mayk Tayson — Evander Xolifild II (FOTO+VIDEO)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: