SportUz.Net
photo photo

Menni Pakyao va Errol Spens jangi xavf ostida

29.06.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

"Paradigm Sport" kompaniyasi Menni Pakyaoni sudga berdi, - deb xabar bermoqda BoxingScene nashri.

Manbaaning bildirishicha, "Paradigm Sport" kompaniyasi Menni Pakyaodan 3,3 million dollar va Errol Spens bilan jangni bekor qilishni talab qilmoqda.

Hammasi o'tgan yildan boshlangandi. 2020 yilning fevral oyida Menni Pakyao "Paradigm Sport" bilan kelishuv imzolaydi. SHartnomaga ko'ra DAZN platformasida to'rtta jang ko'zda tutilgandi. Birinchi jang Mayki Garsiyaga qarshi Saudiya Arabistonida bo'lishi lozim edi.

Ammo, Pakyao keyinchalik do'stlarining maslahatiga ko'ra Premier Boxing Champions kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, Errol Spensga qarshi jang qilishini malum qildi. "Paradigm Sport" aynan shundan norozi. SHu sababli ham kompaniya filippinlik bokschini sudga berdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: