SportUz.Net
photo photo

MOQ raisi sport bazalaridagi epidemiologik vaziyat bilan tanishdi

28.06.2021 12:20    


Rasmni yuklab olish

Yurtimizda koronavirus infekciyasi tarqalishining oldini olish bo'yicha tuzilgan maxsus komissiya qaroriga binoan, ertadan yangi karantin talablari joriy etiladi.

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov bir qator sport bazalariga tashrif buyurib, u erdagi vaziyat bilan tanishdi.

Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik olib borayotgan jamoalarimizning aksariyati hozirda Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida joylashgan “Yangiobod” va “Dukent” o'quv-bazalarida bo'lib turibdi. Tashrif davomida MOQ qoshidagi RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov MOQ rahbariga hamrohlik qildi. SHuningdek, unda Angren shahar hokimi SHukurulla Mahmudov ham ishtirok etdi.

Mutasaddilar tashrif davomida boks, para-engil atletika, sport kurashlari, taekvondo bo'yicha terma jamoalarimizning bazalarida bo'lib, u erdagi sharoitlar bilan tanishdi. Murabbiylar shtabi va shifokorlar bilan uchrashib, hozirgi epidemiologik vaziyatning yomonlashib borayotgani bois sportchilarimizning salomatligini saqlash bo'yicha zarur choralarni ko'rish, bazalarda qattiq nazorat o'rnatish, karantin talablariga qatiy rioya qilish bo'yicha muhim ko'rsatmalar berib o'tishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: