SportUz.Net
photo photo

Botir Ahmedov sobiq Jahon chempionini mag'lub etdi

28.06.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Kecha AQSHning Atlanta shahrida professional boksning WBA yo'nalishi bo'yicha bir qator reyting janglari o'tkazildi.

Unda hamyurtimiz, asli sirdaryolik, hozirda Rossiya bayrog'i ostida jang olib borayotgan Botir Ahmedov birinchi yarim engil vaznda (63,5 kg) sobiq jahon chempioni, dominikanlik Arxenis Mendes bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

34 yoshli Mendes professional boksda juda katta tajribaga ega bo'lgan bokschi. Faoliyati mobaynida 25 ta jang o'tkazgan sobiq jahon chempioni 12 raundga mo'ljallangan boks oqshomida Axmedovga o'ziga xos tarzda “saboq” berish uchun munosib jang olib bordi. Hattoki ayrim raundlarda Ahmedovni muvozanatdan chiqarishga ham erishdi.

Ammo, professional boksda o'z o'rnini tobora mustahkamlab kelayotgan (9ta jangning 8 tasini g'alaba bilan yakunlagan) Ahmedov mamlakatimizda o'tkazilgan musobaqalardagi tajribasi, Rossiyadagi o'quv-mashg'ulotlaridagi ko'nikmalari natijasida professional boksning “eski gvardiyasi” sardoriga munosib qarshilik ko'rsatdi va 8-raundda Mendesning ringa chiqishdan bosh tortishi oqibatida g'oliblikka erishdi. Aslida, Botirning raundlar mobaynidagi kuchli va taktik zarbalari o'z so'zini aytdi.

SHunday qilib, Botir Ahmedov professional boksning WBA ynalishida chempionlikka davogarlik o'rnini mustahkamlab oldi.

Aytish lozimki, professional boksning ushbu yo'nalishi va vaznida SHohjahon Ergashev, SHaxram G'iyosov va Botir Ahmedov chempionlik kamari uchun dahvogarlik qilib kelmoqda. SHu kungacha yani, joriy yilning iyun xolatiga ko'ra, WBA tasnifida SHaxram 3-o'rinni, Brtir 4-o'rinni, SHoxjahon esa 8-o'rinni egallab kelayotgandi. Axmedovning bu g'alabasi esa uni chempionlikka asosiy davogar maqomiga olib chiqishi shubhasiz. 

To'lqin RO'ZIEV.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: