"UFC uchinchi jangni taklif qilishi mumkin. SHunday variant ham yo'q emas", - dedi Volkovning jamoadoshlaridan biri.
Eslatib o'tamiz, Volkov UFC 310 turnirida hakamlarning bahsli qaroriga ko'ra Siril Ganga yutqazgandi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining jamoasi kechagi hakamlik bo'yicha shikoyat xati bergan.