SportUz.Net
photo photo

Volkovning jamoasi Gan bilan jang natijasi bo'yicha shikoyat qiladi

09.12.2024 11:45    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Volkovning jamoasi Siril Gan bilan jang natijasi yuzasidan shikoyat yozadi.

"Biz Atletik komissiyaga "protest" beramiz, garchi bunday holatlarda shikoyatni 100 foiz rad etishsa ham. Bu biz qonuniy harakatlarni ishga solib ko'rmasligimiz uchun sabab bo'lmaydi. 

Jangdan so'ng Aleksandrni qo'llab-quvvatlagani uchun Uayt, Kempbell va promoushen jamoasiga rahmat aytamiz. Dana va Xanter kelib, jang haqidagi fikrlarini Volkovga aytib ketishdi. Hakamlarni UFC tayinlamasligini muxlislar tushunishlari kerak. Ular tashkilotda ishlashmaydi. Hakamlarni tayinlash bilan shtatning Atletik komissiyasi shug'ullanadi", - dedi menejer Ivan Bannikov. 

Eslatib o'tamiz, Volkov kecha UFC 310 turnirida hakamlar qaroriga ko'ra Siril Ganga yutqazgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: