SportUz.Net
photo photo

Islam Maxachev Carukyanga qarshi jangiga ikkita so'z bilan tarif berdi

05.12.2024 19:33    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, bugun engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxaevning navbatdagi jangi rasman elon qilingandi.

Rossiyalik 33 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'z kamarini 28 yoshli vatandoshi Arman Carukyanga qarshi besh raundlik chempionlik jangida himoya qiladi. 2025 yilning raqamlangan ilk turniri 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkaziladi. Islam o'z jangining anonsiga ikkita so'z bilan javob qaytardi.   

"Ikkinchi raund", — deb yozdi Maxachev o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

CHempion bu gapi bilan jangni uzog'i bilan ikkinchi raundda o'z foydasiga hal etishiga ishora qilgan. Maxachev va Carukyanning ilk jangi 2019 yilning 20 aprelida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night 149 turniri doirasida o'tkazilib, unda Islam hakamlarning yakdil qaroriga evaziga g'alaba qozongan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: