Dastlab, 48 kg vazn toifasidagi bokschi Farzona Fozilova ringga ko'tarildi.
Unga Nepal vakilasi Bxomjan Aarati raqiblik qildi.
3 raund to'liq etgan bellashuvda Fozilova 5:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi hamda chorak final masalasini hal qildi. Jang davomida Fozilova raqibasini nokdaun holatiga ham tushirdi.
Farzonaning keyingi raqibi mezbon Tailand azosi Yodvarii Txipsatcha bo'ladi. CHorak final doirasidagi bahs 4 dekabr kuni o'tkaziladi.