SportUz.Net

"Eyndxoven kubogi". Bokschilarimiz o'z ishtiroklarini boshlashdi

07.06.2025 09:24    


Rasmni yuklab olish

Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida boks bo'yicha nufuzli "Eyndxoven kubogi" turnini start oldi.

Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada uch nafar charm qo'lqop ustamiz - Parij-2024 Olimpiadasi chempionlari Abdumalik Halokov va Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev hamda ushbu Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi To'rabek Habibullaev ham o'z mahoratini namoyish etishi kerak edi. 

Quvonarlisi, bokschilarimizning bari o'z ishtiroklarini g'alaba bilan boshlab olishdi. -60 kg vazndagi bahslarda qatnashayotgan Abdumalik Halokov niderlandiyalik Geronima Xartmansni 5:0 hisobida dog'da qoldirdi.

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (-70 kg) ukrainalik Evgeniy Ivanyukdan hakamlarning yakdil (5:0) qarori bilan ustun keldi. Parij Olimpiadasida katta taassurot qoldirgan To'rabek Xabibullaev esa (-90 kg) litvalik Jonas Jazevisiusni 5:0 hisobida engdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: