SportUz.Net

Ukrain boksi afsonasi Vasiliy Lomachenko faoliyatini yakunladi

07.06.2025 11:30    


Rasmni yuklab olish

Ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempioni, prof boksning uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Ukrainalik boks afsonasi 2024 yilning may oyida professional ringdagi so'nggi jangini o'tkazgandi. O'shanda u engil vaznda IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Uning hisobida 18 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. 

"Har bir bokschining faoliyatida shu kun keladi. Har bir narsaning boshlanishi bo'lganidek, yakuni ham albatta bor. Menda shu kun etib keldi. Meni dunyoga tanitgan boks qo'lqoplarimni mixga ilish fursati etdi", — deb yozdi 37 yoshli Lomachenko o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Malumot uchun, Vasiliy Lomachenko Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadalarida oltin medalni qo'lga kiritgan. U prof boksdagi uchinchi jangidayoq jahon chempioniga aylangandi. Loma ettinchi jangida ikki, o'n ikkinchi jangida esa uchta vazn toifasida jahon chempioni bo'lib, o'ziga xos rekord o'rnatgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: