SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonda MMA bo'yicha yangi promoushen tashkil etildi

25.06.2021 23:20    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonda MMA bo'yicha U1 promousheni tashkil etildi.

SHuningdek, bugungi tadbirda U1 Championship hamda 7 Fighting Series brendlarining ham taqdimoti o'tkazildi

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining anjumanlar zalida mamlakatimizga kirib kelayotgan yangi sport brendlarining taqdimot marosimi o'tkazildi.

Tadbirda tashkilotchilar mamlakatimizda MMA, yani aralash jang sanatlari bo'yicha yangi musobaqalar yo'lga qo'yilayotganligini rasman elon qilishdi.

“O'zbekiston sportiga kirib kelish kompaniyamiz tarixida muhim sahifa bo'lishiga shubham yo'q. Yurtingizda olib borilayotgan ochiqlik siyosati natijasida O'zbekistonning xalqaro nufuzi tobora ortib bormoqda, shu jumladan sport sohasida ham. Umid qilamanki, 7SABER o'zbek sportining o'ziga xos brendiga aylanib, u dunyoda ham o'z mavqeiga ega bo'ladi”, - dedi tadbirda 7SABER promouterlik kompaniyasi muassisi bo'lmish “Berkeley Square Investments” korporaciyasi rahbari Ross Konnon.

Taqdimot marosimida 7SABER bilan bir qatorda U1 Championship hamda 7 Fighting Series brendlarining ham taqdimoti o'tkazildi.

Endi ikki og'iz 7SABER brendi haqida. 7 musulmon olami uchun muqaddas raqamlardan biri. “Saber” so'zi inglizcha bo'lib, “qilich” manosini bildiradi. Qilich esa shart xalqlarining o'ziga xos ramzlaridan biri sanaladi.

Tadbir davomida OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

Takidlash joiz, 7SABER promoushen kompaniyasining ish boshlashi natijasida yurtimizda qo'shimcha 3 mingta yangi ish o'rinlari ham tashkil etiladi.

Taqdimot marosimida O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabduraxmonov va boshqa sport mutasaddilari ishtirok etishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: