SportUz.Net

Nursulton Ro'ziboev AQSHda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda + FOTO

11.11.2024 13:45    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev ayni paytda Amerika Qo'shma SHtatlarida bo'lib turibdi.

U "Markes MMA" jamoasi mashg'ulotlar zalida shug'ullanmoqda. Kuni kecha Ro'ziboev Instagram sahifasiga mashg'ulotlaridan surat joyladi. Unda UFC'ning taniqli jangchisi Rendi Braunni ham ko'rish mumkin.

Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev 26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC 308 turniri doirasida rossiyalik Rinat Faxretdinovga qarshi jang qilishi kerak edi, ammo jarohat tufayli u karddan echilgandi. Hamyurtimizning keyingi jangi 2025 yilning mart oyida o'tkazilishi aytilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: