SportUz.Net

Imane Xelif erkak bo'lib chiqdi. Kremlyov yana Tomas Baxga "tosh otdi"

06.11.2024 19:06    


Rasmni yuklab olish

Jazoirlik bokschi "qiz" Imane Xelifning erkak ekanligi haqida yana malumotlar paydo bo'ldi.

IBA prezidenti Umar Kremlyov esa bunga munosabat bildirdi. 

"Tomas Bax tizzalab o'tirib, yolg'oni uchun barcha bokschilardan uzr so'rashi kerak. Faktlar barchasini gapiryapti: bungacha IBA ayollar o'rtasidagi musobaqalarda qatnashgan erkak sportchilar haqidagi malumotlarni taqdim etgandi. Le Correspondant nashri ham Xelif erkak ekanligini tasdiqlovchi tibbiy hisobotni taqdim etdi. 

Xalqaro jamoatchilik nomidan biz XOQdan, shu jumladan Tomas Baxdan ham uzr so'rashni talab qilamiz. U o'z manfaatlarini barchasidan ustun qo'ydi. U tizzaga cho'kkalab, haqoratlargan qizlar va boks jamoatchiligidan kechirim so'rashi, medallarni qaytarib berishi va yolg'on ishlatganini tan olishi lozim", - deb yozdi Kremlyov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: