Bu haqda u o'zining Instagram sahifasi orqali xabar berdi.
"Asta-sekin jangga tayyorgarlikni boshladik, Alhamdulillah!", deb yozdi sportchi.
Ramazon UFC'dagi ikkinchi jangini 2025 yilning mart oyida amerikalik CHarlz Jonsonga qarshi o'tkazishi mumkin. U 13 oktyabr kuni o'tkazgan debyut jangida amerikalik boshqa bir jangchi — Si Jey Vergarani birinchi raunddayoq nokautga uchratib, UFC bonusiga ham ega chiqqan edi.