"Professional boks baribir boshqa daraja. Raundlar ham ko'p bo'ladi. Zarbalar ham og'ir bo'ladi. Menga aynan shu yoqdi. Yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilaman. Menga professional boks ancha yoqdi. Endi ozgina dam olaman. Hamma raqib ham jangga tayyorlanib chiqadi. Kamar uchun jangga oson raqib chiqmaydi, deb o'ylayman.
Malumot uchun, Rusla Abdullaev 20 aprel tongida AQSHning Kaliforniya shtati, Oushensayd shahrida bo'lib o'tgan prof boks oqshomi doirasida filippinlik Jino Rodrigoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, kamarga ega chiqqandi.